21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin, ona tilim" mavzusida Furqat tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati, ona tilimizning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, uning bugungi kundagi nufuzi hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar, hikmatli so‘zlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ularning chiqishlari orqali o‘zbek tilining naqadar boy va serjilo ekani, til — millatning ma’naviy boyligi, milliy o‘zligi va tarixiy xotirasini namoyon etuvchi bebaho qadriyat ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. 

21 октября — в день, когда узбекский язык получил статус государственного, — в техническом колледже Фуркатского района состоялось духовно-просветительское мероприятие под названием «Будь велик, мой родной язык!», в котором приняли участие студенты. В ходе встречи обсуждались историческое значение обретения узбекским языком статуса государственного, этапы его становления и развития, его нынешнее положение, а также ответственность перед будущими поколениями.Студенты читали стихи, приводили мудрые изречения и выступали с творческими номерами, прославляющими родной язык. Эти выступления еще раз подчеркнули богатство и выразительность узбекского языка, а также то, что язык является духовным достоянием нации — бесценным богатством, воплощающим в себе национальную идентичность и историческую память.

On October 21—marking the day the Uzbek language was granted the status of a state language—a spiritual and educational event themed "May Your Stature Be High, My Mother Tongue" was held at the Furqat District Technical College, with the participation of students. During the event, discussions covered the historical significance of the Uzbek language attaining state language status, the stages of its formation and development, its current standing, and the responsibility held toward future generations.Students presented poems, wise sayings, and artistic performances in praise of their mother tongue. Through these contributions, it was once again highlighted how rich and expressive the Uzbek language is, and that language serves as a nation’s spiritual wealth—an invaluable asset that embodies its national identity and historical memory.

  • 21 oktabr 2026