5-may — “Kasb va mehnat kuni” hamda Yoshlar kuni munosabati bilan Fargʻona shahrida “Kasblar festivali” tashkil etildi. Mazkur festival yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, zamonaviy kasblarni targʻib etish, texnikumlarda olib borilayotgan taʼlim jarayonlari va amaliy ishlanmalarni keng jamoatchilikka namoyish etish maqsadida oʻtkazildi.Festivalda viloyatdagi barcha texnikumlar faol ishtirok etishdi.
Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlar va ularning ustozlari bilan samimiy muloqot oʻtkazdi.
Furqat tuman texnikumi jamoasi ham ushbu festivalda faol ishtirok etdi. Festival jarayonlari, undagi koʻrgazmalar va taqdimotlar aks etgan videorolik texnikumda pedagog-xodimlar ishtirokida namoyish etildi. Videorolik tomoshasi davomida festival taassurotlari, kasb-hunarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
5 мая — По случаю Дня профессий и труда и Дня молодежи в Фергане прошел «Фестиваль профессий». Цель фестиваля — повысить интерес молодежи к профессиям, популяризировать современные профессии и продемонстрировать широкой публике образовательные процессы и практические разработки, проводимые в технических училищах.В фестивале активно участвовали все технические училища региона.Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров присутствовал на мероприятии и провел дружескую беседу с молодыми людьми, обучающимися в технических училищах, и их преподавателями.В фестивале также активно участвовала команда технического училища Фуркатского района. В училище был показан видеоролик, посвященный фестивалю, выставкам и презентациям, с участием преподавательского состава. В ходе видеоролика состоялся обмен впечатлениями о фестивале, роли профессий в развитии общества и возможностях, созданных для молодежи.
May 5 — On the occasion of “Professions and Labor Day” and Youth Day, the “Festival of Professions” was organized in Fergana. This festival was held to increase young people’s interest in professions, promote modern professions, and demonstrate to the general public the educational processes and practical developments being carried out in technical schools.All technical schools in the region actively participated in the festival.The Khokim of Fergana region Khairullo Bozorov attended the event and had a cordial conversation with young people studying in technical schools and their teachers.The team of the Furkat district technical school also actively participated in this festival. A video clip depicting the festival processes, exhibitions and presentations was shown at the technical school with the participation of teaching staff. During the video clip, impressions of the festival, the role of professions in the development of society, and opportunities created for young people were exchanged.