Furqat tuman politexnikumida bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashish maqsadida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi birinchi oʻrinbasari M.Taniberdiyev, Yoshlar ishlari agentligi Furqat tuman boʻlimi boshligʻi U.Hamidov, tijorat banklari vakillari, ish beruvchi tashkilotlar va bitiruvchi oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tijorat banklari tomonidan bitiruvchilarga oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun imtiyozli kreditlar taklif etildi.

Uchrashuv davomida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, bitiruvchilarni ish beruvchi korxona va tashkilotlarning boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi.

  • 18 aprel 2025