Furqat tuman politexnikumida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida yangi oʻquv yilining ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Furqat tuman hokimi oʻrinbosari A.Azamov, Xalq deputatlari Furqat tuman kengashi raisi I.Joʻrayev, Yoshlar ishlari agentligi Furqat tuman boʻlimi boshligʻi U.Hamidov, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.