Furqat
tumanida Navro'z bayrami ko'tarinki ruhda va katta tantana bilan nishonlandi.
Bayramning asosiy tadbirlari tuman markaziy o'yingohida tashkil etildi. Ushbu
bayram tadbirida Furqat tuman politexnikumi o'quvchi yoshlari ham faol ishtirok
etishdi.
Politexnikum o'quvchilari Navro'z bayramining
rang-barangligini aks ettiruvchi o'zbek xalq o'yinlaridan turli ko'rinishlar
namoyish etishdi. Ular tosh koʻtarish, kurash, arqon tortish kabi milliy
o'yinlar orqali tomoshabinlarni xursand qilishdi va bayramga o'zgacha shukuh
bag'ishlashdi.