Sun’iy
intellektga asoslangan «Odil» chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari bo‘yicha «Odil» chat-boti
yaratildi.
Telegram
messenjeriga integratsiyalashgan va sun’iy intellektga asoslangan chat-bot
fuqarolarga davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni
osonlashtirish uchun yaratilgan.
Uning ishga
tushirilishi 1148 ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada
kamaytirish va foydalanuvchilarning so‘rovlariga real vaqt rejimida tezkor
javob berish imkonini yaratadi.
1148 ishonch
telefoni orqali 2024 yilda fuqarolarning 135 mingga yaqin qo‘ng‘irog‘i qabul
qilingan. Shundan qariyb 128 mingta murojaat yoki 95 foizi yuzasidan
mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berilgan.
Chat-botning
qanday imkoniyatlari bor?
▫️Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar
va jarayonlar haqida batafsil ma’lumotni taqdim etadi.
▫️Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga
yordamlashadi.
▫️Qaysi masala bo‘yicha qayerga murojaat qilishni
tushuntiradi.
Kelajakda
chat-botning funksional imkoniyatlari va faoliyat doirasini kengaytirish ko‘zda
tutilgan.
Chat-botning
afzalliklari
✔️ Oson va qulay — hujjatlarni varaqlab chiqish shart emas, barcha zarur ma’lumotlar bir joyda.
✔️ Tezkor va samarali — bot sizga kerakli maslahat va javoblarni bir zumda taqdim etadi.
✔️ Doimiy takomillashish — sun’iy intellekt foydalanuvchilar
taklif va fikrlari asosida rivojlanib boradi.