Furqat tuman texnikumi oʻquvchilari tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunchilik tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Furqat tumani Adliya boʻlimida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga Adliya boʻlimining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari, huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

  • 10 iyun 2026