Furqat tuman texnikumida birinchi bosqich guruh o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda texnikum rahbariyati, guruh rahbarlari hamda ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi va texnikumdagi o‘quv jarayoni bilan bog‘liq dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etishi, davomati, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi hamda kiyinish madaniyatiga amal qilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, kitobxonlik, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga keng jalb etish yuzasidan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish boʻyicha kelishib olindi. 

В Техническом колледже Фуркатского района состоялось собрание для родителей студентов первого курса. В мероприятии приняли участие администрация колледжа, кураторы групп и родители; они провели всестороннее обсуждение ключевых вопросов, касающихся обучения, воспитания и поведения студентов, а также организации учебного процесса.Особое внимание на встрече было уделено таким аспектам, как регулярное посещение занятий, пунктуальность, соблюдение правил внутреннего распорядка и требований к внешнему виду. Кроме того, была достигнута договоренность о сотрудничестве с родителями в вопросах организации содержательного досуга молодежи и активного вовлечения студентов в занятия спортом, чтение, а также в различные духовно-просветительские и профессионально-ориентационные мероприятия. 

A meeting was organized at the Furqat District Technical College for the parents of first-year students. College administrators, group supervisors, and parents participated in the event, engaging in a comprehensive discussion on key issues regarding the students' education, upbringing, conduct, and the academic process at the college.During the meeting, special emphasis was placed on matters such as regular class attendance, punctuality, adherence to internal regulations, and appropriate standards of dress. Additionally, an agreement was reached to collaborate with parents on organizing meaningful leisure activities for the youth and actively involving them in sports, reading, various spiritual-educational events, and professional development activities.

  • 12 oktabr 2026