Furqat tuman texnikumida 2025/2026-oʻquv yili bitiruvchilariga bagʻishlangan “Oq yoʻl sizga, bitiruvchilar!” nomli tantanali diplom topshirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Furqat tumani hokimi boshchiligidagi rahbarlar, ota-onalar, pedagog-xodimlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Joriy oʻquv yilida Furqat tuman texnikumini 6 ta kasb boʻyicha jami 395 nafar oʻquvchi muvaffaqiyatli tamomlab, davlat namunasidagi diplomlarga sazovor boʻldi.
106 nafar bitiruvchi fanlarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi. Ularning 7 nafari maksimal 189 ball natijasini qayd etib, oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.Shuningdek, bitiruvchilarning 30 foizdan ortigʻi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish istagini bildirib, tegishli tartibda hujjatlarini topshirdi. Qolgan bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, ularni mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish choralari koʻrilmoqda. 

В Фуркатском районном техническом училище состоялась торжественная церемония вручения дипломов выпускникам 2025/2026 учебного года под названием «Благословен путь ваш, выпускники!».В мероприятии приняли участие руководители во главе с хокимом Фуркатского района, родители, учителя и представители общественности.В текущем учебном году Фуркатское районное техническое училище успешно окончили 395 студентов 6 специальностей, получив государственные дипломы.106 выпускников получили национальные сертификаты, подтверждающие их знания по предметам. 7 из них набрали максимальное количество баллов — 189 — и были досрочно зачислены в высшие учебные заведения на основании государственной стипендии.Также более 30 процентов выпускников выразили желание продолжить обучение в высших учебных заведениях и представили соответствующие документы. Принимаются меры по обеспечению трудоустройства оставшихся выпускников, их трудоустройству по специальности и направлению на предпринимательскую деятельность. 

A solemn diploma presentation event entitled “Blessed is your path, graduates!” was organized at the Furqat District Technical School, dedicated to the graduates of the 2025/2026 academic year.The event was attended by leaders led by the Khokim of the Furqat District, parents, teachers and representatives of the public.In the current academic year, a total of 395 students in 6 professions successfully graduated from the Furqat District Technical School and received state diplomas.106 graduates received national certificates for their knowledge of subjects. 7 of them scored a maximum of 189 points and were accepted into higher education institutions ahead of schedule on the basis of a state grant.Also, more than 30 percent of graduates expressed a desire to study at higher education institutions and submitted their documents in the appropriate manner. Measures are being taken to ensure the employment of the remaining graduates, place them in jobs in their specialty, and direct them to entrepreneurial activities.

  • 10 iyul 2026