Furqat tuman texnikumida Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida kasb va fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, texnikumda tashkil etilgan tikuvchilik yo‘nalishidagi to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar sohaga oid nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallab bormoqdalar.

  • 18 iyun 2026