Furqat tuman texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish hamda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Yoshlar kuni doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Furqat tumani hokimi E. Asronqulov, texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman hokimi E. Asronqulov texnikum yoshlari bilan ochiq muloqot olib borib, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan shug‘ullanishi hamda kelgusidagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.Uchrashuv davomida yuqori natijalarni qayd etayotgan yoshlar tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.
В техническом колледже Фуркатского района в рамках празднования Дня молодежи состоялась встреча под девизом «Руководитель и молодежь». Мероприятие было направлено на содержательную организацию досуга молодых людей, поддержку их инициатив и предложений, обсуждение волнующих их вопросов, а также на налаживание открытого и искреннего диалога.Во встрече приняли участие хоким Фуркатского района Э. Асронкулов, администрация и преподавательский состав колледжа, а также учащиеся.В ходе мероприятия хоким района Э. Асронкулов провел открытый диалог с учащимися, поинтересовавшись вопросами их обучения, профессиональной подготовки, досуга и занятий спортом, а также планами и целями на будущее. Молодые люди, продемонстрировавшие выдающиеся достижения, были отмечены и поощрены хокимом района.
A "Leader and Youth" meeting was organized at the Furqat District Technical College as part of Youth Day celebrations, with the aim of meaningfully organizing young people's leisure time, supporting their initiatives and proposals, addressing their concerns, and fostering open, sincere dialogue.The meeting was attended by Furqat District Governor E. Asronqulov, the college administration, teaching staff, and students.During the event, District Governor E. Asronqulov engaged in an open dialogue with the students, inquiring about their education, vocational training, leisure activities, and sports involvement, as well as their future plans and goals. Young people demonstrating outstanding achievements were duly recognized and rewarded by the district governor.