Furqat tuman texnikumida bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda yoshlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida tijorat banklari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.Mazkur uchrashuvda Furqat tuman hokimining oʻrinbosari M.Taniberdiyev, hududdagi tijorat banklari vakillari, texnikum rahbariyati hamda bitiruvchi oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning doimiy bandligini taʼminlash, oʻz biznes faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga amaliy koʻmak berish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tijorat banklari mutaxassislari tomonidan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar, biznes loyihalarni moliyalashtirish tartiblari hamda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
В целях обеспечения трудоустройства выпускников Фуркатского районного технического училища, широкого вовлечения их в предпринимательскую деятельность и предоставления подробной информации о преимуществах и возможностях, создаваемых для молодежи, была организована встреча с представителями коммерческих банков. Во встрече приняли участие заместитель хокима Фуркатского района М. Танибердиев, представители коммерческих банков региона, руководство технического училища и молодые выпускники. В ходе мероприятия особое внимание было уделено вопросам направления молодежи к профессии, обеспечения их постоянной занятости и оказания практической помощи молодым людям, желающим начать собственное дело. Специалисты коммерческих банков подробно разъяснили льготные кредиты, субсидии и гранты, выделяемые молодежи для открытия собственного бизнеса, порядок финансирования бизнес-проектов и возможности использования банковских услуг.
In order to ensure the employment of young graduates at the Furqat district technical school, to widely involve them in entrepreneurial activities, and to provide detailed information about the benefits and opportunities created for young people, a meeting was organized with representatives of commercial banks. The meeting was attended by the Deputy Khokim of Furqat district M. Taniberdiyev, representatives of commercial banks in the region, the management of the technical school, and young graduates. During the event, special attention was paid to the issues of directing young people to a profession, ensuring their permanent employment, and providing practical assistance to young people who want to start their own business. Specialists of commercial banks provided detailed explanations about preferential loans, subsidies and grants allocated to young people to start their own business, procedures for financing business projects, and opportunities for using banking services.