Farg‘ona viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i T.A.Boymatov Furqat tuman texnikumida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida texnikumda yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi holati hamda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, o‘quv binolari va sinf xonalarida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari, zamonaviy jihozlardan samarali foydalanish, amaliyot xonalari hamda axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan kabinetlar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, texnikum hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish hamda texnikum infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

  • 17 iyun 2026