Furqat tuman politexnikumida "Oq yoʻl senga, bitiruvchi!" nomli tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir politexnikum bitiruvchilarining katta hayot yo'liga qadam qo'yishlari munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Aʼzamov, hamkor tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, ish beruvchi korxona rahbarlari, ota-onalar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida eng naʼmunali, bilimli faol bitiruvchi oʻquvchilarga faxriy yorliqlar va imtiyozli diplomlar topshirildi. Bu ularning o'qish davridagi intilishlari va erishgan yutuqlarining yorqin e'tirofi bo'ldi. Shuningdek, farzandlarining ta'lim-tarbiyasida qo'shgan hissasi uchun ota-onalarga politexnikum ma'muriyati nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Yil davomida o'quvchilarga bilim berishda fidoyilik ko'rsatgan ustozlar ham tadbirda alohida e'tirof etilib, ularning mehnati munosib taqdirlandi.

  • 19 iyul 2025